about persons photo

Fermer fermerga

Yakunlangan - October 24, 2020
+3 ko'p
1

2018-yilning 14-25 dekabr kunlari Respublikamizning barcha hududlarida yosh fermerlar va fermerlikka qiziquvchi yoshlar ishtirokida maxsus o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarlarda yosh fermerlarning huquqiy, iqtisodiy, agrotexnik va kasbiy malakalarini oshirish, ular faoliyatiga zamonaviy resurs tejamkor hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yosh fermerlar faoliyatida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq choralar ko‘rildi.
“Fermer-fermerga” tamoyili asosida o‘tkazilgan o‘quv-seminarlarda Respublikamizning barcha tumanlaridan 6 500 dan ortiq yosh fermer va fermerlikka qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
O‘quvlarda mutaxasislar tomonidan “Yosh fermerlarning huquqiy, shartnomaviy, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish”, “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari”, “Zamonaviy resurs tejamkor innovatsion texnologiyalar hamda axborot kommunikatsion tizimlardan samarali foydalanishning o‘rni va ahamiyati”, “Ko‘p tarmoqli – ko‘p daromadli: Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash" kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
O‘quvlar davomida yoshlar tajribali fermerlar faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lish bilan birga, agrar sohada erishilgan yangi agroilm ishlanmalari hamda innovatsion g‘oyalari bilan ham tanishdilar.
Bir vaqtning o‘zida yosh fermerlar va fermerlikka qiziquvchi yoshlar bilan mahalliy hokimliklar, tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etildi. Ularda yosh fermerlar tomonidan 500 dan ortiq muammo va takliflar bildirildi.