about persons photo

Kelajak fermeri

Yakunlangan - October 24, 2020
+647 ko'p
1
O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan 2018-yilning 26 noyabrdan 20 dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Kelajak fermeri” shiori ostida o‘quv seminarlarni tashkil etildi.
Ushbu o‘quv seminarlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlardagi Yoshlar markazlarida yoki qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etilgan edi.
O‘quv seminarlar quyidagi 5 bosqichda o‘tkazildi:

Birinchi bosqichda yosh fermerlar tomonidan yetishtirilgan
va qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ikkinchi bosqichda Toshkent davlat Agrar universiteti
va filiallari, M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik
va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti, Don
va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda boshqa ilmiy tadqiqot institutlarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh amaliyotchilar va olimlar, professor o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari yordamida yosh fermerlar va fermer bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlar uchun “Ko‘p tarmoqli-ko‘p daromadli”, “Agrar soha tarmoqlariga zamonaviy texnika va texnologiyalarning joriy etishning ahamiyati”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saralash, saqlash, qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish zanjirli tizimini rivojlantirish”, “Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish”, “Qishloq xo‘jaligida biznes yuritish va marketing" mavzularida (guruhlarga bo‘lingan holda) seminar treninglar tashkil etildi.

Ushbu seminar treninglar yosh fermerlar, fermerlikka qiziquvchi yoshlarning davlat tomonidan mahalliy eksportyor korxonalarning qo‘llab-quvvatlanayotganligi, ularga berilayotgan imtiyozlar hamda o‘zlari uchun kerak bo‘lgan boshqa ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Uchinchi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat kengashi, Tijorat banklari viloyat filiallari, “Qishloqxo‘jalikkimyo” AJ hududiy bo‘limlari, “O‘zagroeksport” AJ hududiy bo‘limlari, “O‘zagrolizing” AJ hududiy filiallari, Davlat veterinariya qo‘mitasi hududiy bo‘limlari, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hududiy filiallari, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘limlari vakillari ishtirokida konsalting sayyor qabullar tashkil etildi.

Bunda yosh fermerlarga huquqiy, iqtisodiy, kasbiy bilim
va malakalarini oshirish, shuningdek, muammo va kamchiliklarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.

To‘rtinchi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlarda 1 tadan namunali fermer xo‘jaligiga va 1 tadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi nomdor korxonaga agrosayohatlar uyushtirildi.

Agrosayohat davomida korxonaning rahbari tomonidan master klass o‘tkazildi.

“Kelajak fermeri” o‘quv seminarida respublika bo‘yicha jami 2600 dan ortiq yosh fermerlar, fermer bo‘lish istagidagi yoshlar ishtirok etadi. Seminar davomida o‘quvlarda o‘zining iqtidorini har tomonlama namoyish eta olgan, komissiya shtabi tomonidan loyihalari munosib deb topilgan 130 dan ortiq yoshlarga 2018 yil 26 fevralda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi qo‘shma qarori asosida tasdiqlangan tavsiyanoma xati berilib, tuman komissiyasiga tender tanlovlariga qatnashish uchun taqdim etiladi. Shuningdek, 150 dan ortiq faol ishtirokchi yoshlar “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi manzilli dasturi ro‘yxatiga kiritildi.

Tadbir davomida o‘quv seminarda tashabbuskor bo‘lgan yoshlar maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.