about persons photo

Yoshlar iqlim o'zgarishiga qarshi

Amaldagi - October 24, 2020
+5 ko'p
2

Odamzod yiliga 37 gigatonna atrofida issiqxona gazlarini atmosferga chiqarib yuboradi.

Sayyoramiz ekosistemasi esa buning 20 gigatonnaga yaqinini o’zlashtira oladi, qolgani esa yildan-yilga atmosferada yig’ilib sayyorimizda harorat ko’tarilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida tabiiy muzliklarni eritadi, qurg’oqchilik olib keladi, o’rmonlarda yong’inlar hosil qiladi va boshqa boshqa salbiy ofatlarni sabachisi bo’ladi.

Oxirgi 50 yil ichida “Sayyoramiz o’pkasi” Amazon yomg’irli o’rmonlari 17 % ga qisqardi.

Arktika tabiiy muzliklari yuzasi esa oxirgi 40 yil ichida 7,05 mill. km. kv. dan 4,32 mill. km. kv. ga kamaydi.

Qiziqmi? Bilasizmi nega bular ro’y berdi?

Xo’sh, e’tiboringizni qarata oldik. Endi siz mavzuga ancha yaqinroqsiz. 

Iqlim o‘zgarishi – atmosferada issiqxona gazlari haddan tashqari ko‘p miqdorda to‘planishi natijasida dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o‘zgarishidir.

Atmosferada issiqxona gazlarining bunday g‘ayritabiiy ko‘payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko‘mirdan haddan tashqari ko‘p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Atmosferadagi miqdori yildan-yilga ko‘payib borayotgan asosiy issiqxona gazlari oksidlangan gaz va metandir. Ma'lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi.

Issiqxona gazlari atmosferada to‘planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi va atmosferaning qizishiga sabab bo‘ladi. Harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda okean suvining harorati va fizik xossalari o‘zgaradi, okean oqimlari o‘zgaradi, mazkur oqimlarga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda iqlim o‘zgaradi, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar natijasi o‘laroq, yog‘ingarchiliklar amplitudasida katta o‘zgarishlar yuz beradi – dam umuman yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, dam haddan tashqari ko‘p yog‘ingarchilik bo‘ladi; natijada qurg‘oqchilik va toshqinlar ko‘payadi; tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko‘chkilar ko‘p yuz beradi.

Bir qarashda bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo Yerda harorat yana 5 gradusga ko‘tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug‘iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olmashumul ahamiyat kasb etadi.

Yoshlar – qudratli kuch. U o'zini barqaror va porloq kelajak bilan ta'minlashga qodir. Biroq buning uchun sayyoramiz iqlimiga xavf solib turgan butun iste'mol, ishlab chiqarish va tabiiy resurlar boshqaruvi tizimlarida o'zgarishlar kiritish kerak. Hamda, bunda har bir insonning hissasi muhim, chunki iqlim va tabiat masalasi barchamiz bilan bog'liq. Faqatgina birgalikdagi harakatimiz uni barqaror va sog'lom qiladi.

Shu munosabat bilan, O’zbekiston yosh fermerlari Kengashi Global Ekologik Fondning Kichik Grantlar Dasturi bilan hamkorlikda “Yoshlar iqlim o’zgarishiga qarshi” loyihasi doirasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun iqlimni barqarorligiga ijobiy ta'sir qiladigan va kundalik hayotimizdagi iqlimga salbiy yondashuvlarni o’rnini bosadigan taklifingizni bizga yuborishingiz kerak bo'ladi. 

Bu har qanday narsa bo'lishi mumkin:

- energiyadan foydalanishda yoki ishlab chiqarishda; 

- uyingizni, ko'changizni, shaharni qanday jihozlashingiz, uni issiqxona gazi emissiyasini istisno qiladigan yoki kamaytiradigan usullardan foydalanish qulay bo'lishi uchun;

- suv yoki yerdan foydalanishda;

- iste'molda boshqacha yondashuv va hokazo...

Biz g’oya tanlashda hech qanday chegara qo'ymaymiz. Sizning g’oyangiz turli xil: 

- telefon uchun dastur/ilova;

- ish joyingiz, o'quv maskaningizdagi va kundalik hayotdagi jarayonlardagi biror o’zgartirish;

- sinfingiz yoki kabinetingizni isitish yoki sovutish tizimini takomillashtirish bo'yicha yoki kamroq uglerod yoqilg'isini sarflashga yordam beradigan ofis bo'lishi mumkin. 

Umuman olganda, bu barchasi sizning tasavvuringiz va yaratuvchanligingizga bog’liq. 

Har bir inson o'z g’oyasini kelajakda amalga oshirish maqsadida taqdim etishi mumkin. Bu aniq bir narsa bo'lishi kerak, amalga oshirish uchun oddiy va boshqalar ya'ni har qanday shaxs yoki jamoa yoki muassasa tomonidan takrorlashi uchun oson bo’lishi kerak.

Tanlov shartlari:

1. G’oyangizni bir o’zingiz yoki jamoa sifatida taqdim etishingiz mumkin. Jamoa a’zolari 5 kishidan oshmasligi kerak. Agar jamoa sifatida qatnashadigan bo’lsangiz, jamoa a’zolaridan kamida 1-2 tasi qizlar bo'lishi kerak. Biz qizlarning tanlovda teng huquq va imkoniyatlarga ega bo'lishini ham istaymiz;

2. Tanlov yoshlar uchun. Shuning uchun jamoa a'zolari 35 yoshgacha bo'lishi kerak;

3. Yuqorida aytib o'tilganidek, bu g'oya aniq, amalga oshirilishi mumkin, emissiyalarni kamaytirish uchun aniq natijalar beradigan va boshqa odamlar, tashkilotlar, jamoalar orasida replikatsiya qilish xususiyatiga ega bo'lishi kerak.

Barcha arizalar hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi: 

1. Qo’llanuvchanligi, realistikligi, amaliyligi;

2. Emissiyalarni kamaytirishga ta'sir doirasi;

3. Masshtabliligi, ya'ni boshqalar tomonidan takrorlashda qiyinchilik tug'dirmasligi;

4. G'oyaning ijodkorligi.

* Baholash jarayonining yarmi hakamlar hay'ati tomonidan, qolgan yarmi esa ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish orqali tanlov yakunida amalga oshiriladi. 

* Umumiy 6 ta sovrindorlar saylanadi. Bular: 2 tadan 1,2 va 3 o'rin egalari.

Barcha sovrindorlarga o'z g'oyalarini amalga oshirishi uchun pul mablag'lari beriladi:

birinchi (birinchi 2 ta o'rin uchun) – 2 000 AQSH dollari;
ikkinchi (3 va 4) o'rin (a) uchun-1000 AQSH dollari;
uchinchi (5 va 6) o'rin uchun – 500 AQSH dollari.

* G'oyalarni amalga oshirishni rag'batlantirish uchun mablag' ajratilgandan so'ng, 2020-yilning kuzida eng yaxshi g'oya tanlab olinadi. 

* Tanlovning barcha ishtirokchilari joriy yilning kuzida Toshkentda bo'lib o'tadigan Yoshlar Iqlim Forumida ishtirok etishlari mumkin.

Arizalar quyidagi manzilga yuboriladi:

youth_application@mail.ru

Arizalar 2020-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Savollar uchun ushbu raqamga qo'ng'iroq qiling:

(+998) 97 146 08 48

Qani boshlang. G’oyalaringizni kutmoqdamiz!