about persons photo

Har bir yoshga bir gektar

Yakunlangan - October 24, 2020
+2 ko'p
1

Hurmatli yoshlar, har yili mamlakatimizning ayrim hududlarida g'alla o'rimi mavsumiga start beriladi.

🌾 G'alladan bo'shagan yer maydonlarida esa takroriy ekin ekib, yaxshigina daromad olish imkoniyati mavjud.

✅ Biz sizga ushbu imkoniyatni taqdim etamiz!

👨‍🌾 Demak, "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi doirasida qishloq xo'jaligi sohasida tushunchasi bor va yerni sevuvchi (18-30) yoshlarga g'alla ekkan fermerlar tomonidan g‘alladan bo‘shagan 1 gektargacha bo'lgan yer maydonlaridan beg'araz mavsumda foydalanishlari uchun ajratib beriladi.

Yer olish istagida bo'lgan yoshlar bevosita bizga murojaat qilishlari mumkin!

Imkoniyatdan foydalanib qoling!
Do'stlaringizga ham ushbu xabarni yetkazing!

Quyidagi bot orqali ma'lumotlaringizni qoldiring:
👉 @yoshfermer_bot