• Bosh sahifa
  • Loyihalar
  • O‘zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlarni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish
about persons photo

O‘zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlarni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish

Amaldagi - October 24, 2020
+827 ko'p
1

2019 yilning 7 may kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi (SBFIC) bilan “O‘zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlarni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish” nomli loyihasini amalga oshirish maqsadida kelishuv Memorandumini imzolangan edi. Kelishuvga asosan, loyiha doirasida Germaniya tomonidan taqdim etiladigan barcha xizmatlar to‘liq Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtiriladi.

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning bugungi rivojlanish jarayonini qo‘llab – quvvatlash, xususan, qishloq joylardagi agrar sektorga daxldor yosh fermerlar, dehqonlarning “iqtisodiyot va moliya, shuningdek, faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sarmoya jamg‘arish, tejash, investitsiya” yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki savodxonligi oshirishdan iborat.
Bugungi kunda qadar, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi bilan hamkorligimiz intensiv bo‘lib, loyiha doirasida 78 marotaba Germaniyalik ekspertlar ishtirokida respublikamizning Toshkent, Jizzax, Samarqand viloyatlarida maxsus o‘quv seminarlar amalga oshirildi, shuningdek, Toshkent va Jizzax viloyatlarida agrar sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarimizning zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallash maqsadida “Yosh fermerlar innovatsion markazi” tashkil etildi.

Mazkur markazlarimizda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi bilan hamkorlikda kamida uchta xalqaro miqyosda juda muvaffaqiyatli rejali (biznes) o‘yinlarning 10 dan ortiq seminar konsepsiyalari doirasida o‘tkazilishi nazarda tutilgan.