about persons photo

Quyonchilik biznesi - 0 dan barqaror daromadgacha

Amaldagi - October 24, 2020
+9 ko'p
1

📣 Aziz do'stlar, ajoyib yangilik!

🟢 O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar Assotsiatsiyasi va “Mikrokreditbank” ATB bilan hamkorlikda “Quyonchilik biznesi - 0 dan barqaror daromadgacha” loyihasini ishga tushiradi.

✅ Ushbu loyihada quyonchilik sohasidagi yangiliklar va nyuanslar, biznes-g'oyalar, texnologiyalar va boshqalar haqida ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimizda yuklab boramiz.

‼️ Yaqin kunlarda esa sohaga qiziquvchi yoshlar uchun ijtimoiy so'rovnoma o'tkazgan holda (bunda Sizning ishtirokingiz muhim ahamiyatga ega), so'ng, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan 20 tadan yosh faollarni tanlab olamiz.

🐇💵 Eng qizig'i, tanlab olingan yoshlar quyonchilik sohasi bilan shug'ullanishlari uchun qisqa va maxsus kurslar o'taydi hamda o'z biznes rejalarini tuzgan holda faoliyatini boshlash uchun  “Mikrokreditbank” ATB orqali kredit olishlari mumkin bo'ladi.