
Yosh agrotadbirkor
Bugungi kunda Yer populyatsiyasi va ishsizlikning nisbati ortishi, yer va suv resurslari chegaralanganligi, iqlim o‘zgarishi, urbanizatsiya, tabiiy talofatlar, aholi sonining oshib borishi oziq-ovqat xavfsizligi masalasini birinchi darajadagi muammoga aylantirdi.
Shu sababli har bir qarich yerdan unumli foydalanish hamda intensiv usulda mahsulot yetishtirishni davrni o‘zi taqozo qilmoqda.
Bundan tashqari, faoliyatini endigina boshlagan aksariyat yosh tadbirkorlar moliyaviy savodxonligining yetishmasligi sababli qiyin ahvolga tushib qolmoqa va oxir-oqibat bankrot bo‘lgan holda faoliyatini juda erta to‘xtatishga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, ayni paytda Respublikada 18-30 yoshdagi yoshlar soni 7 mln. 24 ming 346 nafarni tashkil etadi. Shundan, 397 ming 431 nafari ish bilan band bo‘lmagan yoshlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash birinchi navbatdagi vazifalardan biri ekanligi ta’kidlanmoqda.
Qishloq joylardagi aholining bandligini ta’minlash uchun eng qulay imkoniyat bu – qishloq xo‘jaligi xisoblanadi. Bu borada mamlakatimizda juda katta imkoniyatlar mavjud. Xususan, mamlakatimizning tabiiy iqlim sharoitida asalarichilik sohasi bilan shug‘ullanib, yaxshigina daromad olish mumkin. Bu esa hozirgi kunda barcha mamlakatlarda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan yoshlar bandligini ta’minlash kabi muammolarini qisman yechishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Loyiha yoshlar o'z uy xo’jaliklarida bog'dorchilik va asalarichilikni rivojlantirishning innovatsion texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek, bu sohadagi bilimlarini oshirish uchun qilinishi kerak bo'lgan barcha ishlarga va o'zlarining innovatsion asalarichilik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan yoshlarga yordam beradi.
