about persons photo

“Agro transformatsiya”

Amaldagi - October 12, 2022
+327 ko'p
1

⚡️Seminar uchun mavzular tanlandi!

 

Ilk joylangan postimizdan keyin bizdan eng koʻp soʻralgan savollar oʻquv treninglar haqida boʻldi. Shu sababli bu postda seminar-treninglar quyidagi koʻpchilikka muhim boʻlgan mavzularda boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz:

 

— Yer olish tizimi va tartibi;

— Agrobiznesda strategik menejment va mahsulot realizatsiyasi menejmenti;

— Zamonaviy dehqonchilikda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish.

 

Hatto tajribali fermerlarimiz duch kelayotgan muammolar

 

Baʼzi bir muammolar fermerlarimiz bilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarning hali koʻpligidan dalolat beradi. Ushbu mavjud muammolar qarshisida yolgʻiz qolmasligingiz uchun "Agrobiznesda strategik menejment va mahsulot realizatsiyasi menejmenti" treningida quyidagi mavzularni koʻrib chiqamiz:

 

— Agrobiznesni prognozlashtirish;

— Biznesni rejalashtirish va hujjatlashtirish;

— Brendlash va marketing;

— Risk menejmenti;

— Mahsulot lokal realizatsiyasi menejmenti;

— Qayta ishlash va eksport realizatsiyasi;

— Q/x huquqi va agrobiznesda inqiroz hamda fors-major menejmenti.