
O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
November 24, 2020
+16 ko'p
1
VI. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish cheklanganligi
——————————————————————
Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‘lgan, shuningdek yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.
Yangiliklar kategoriyasi
Eng ko'p ko'rilgan yangiliklar
Dehqon xo‘jaliklariga yagona soliq stavkasi belgilanadi.
Quyonni ovqatlantirish uchun mo‘ljallangan moslamalar
O‘zbekiston Respublikasi “Yosh Agrotadbirkor” nomli loyihasi bilan Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab- quvvatlash jamoat fondining granti sohibiga aylandi.
Hosilni ikki baravar oshirish va o'g'itni tejash uchun kuzda tuproqni qanday oziqlantirish kerak
Asalari oilasini boqishdagi asosiy talablar
Arilarni ko‘chga chiqishining oldini olish

Facebook
12,225 like