O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
III-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish
11-modda.Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi
——————————————————————
- Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
- Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi.
- Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Manba: Lex.uz