O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
II-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish
18-modda. Fermer xo‘jaligining ustav fondi
——————————————————————
Fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
- pul, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Bunda fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq tanlovda ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan fermer xo‘jaligining ustav fondiga kiritiladi;
- Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Manba: Lex.uz