O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
IV. FERMER XO‘JALIGINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI HAMDA MOL-MULKI
19-modda. Fermer xo‘jaligining mulk huquqi
——————————————————————
Fermer xo‘jaligining mulk huquqi davlat himoyasidadir.
Binolar, inshootlar, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, chorva mollar, parrandalarga, yetishtirgan mahsulotiga, qishloq xo‘jalik texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek fermer xo‘jaligining balansidagi boshqa mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi fermer xo‘jaligiga qarashlidir.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining pul va moddiy mablag‘lari, tovarlarni realizatsiya qilishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan) olingan daromadlar (foyda), qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlar, qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xo‘jaligining mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Fermer xo‘jaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida o‘z mablag‘lari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin.
Manba: Lex.uz