O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
VI. Yakunlovchi qoidalar
31-modda. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish
——————————————————————
- Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining yer uchastkalari zaxira yerlarga olib qo‘yilganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.
Manba: Lex.uz